Huawei 1
Abduqodir Husanov O‘zbekistonning eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylandi

Germaniyaning Transfermarkt portali Fransiya chempionatida faoliyat yuritayotgan futbolchilarning transfer bahosini yangiladi.

Unga ko‘ra, Abduqodir Husanovning transfer bahosi 5 million yevrodan 12 million yevroga ko‘tarilgan. O‘zbekistonlik 20 yoshli himoyachining transfer qiymati 7 mln yevroga oshib, u bu borada «Lans»ning narxi eng ko‘p oshgan o‘yinchisi bo‘ldi.


Shu tariqa, Husanov Abbosbek Fayzullayev (6 mln yevro) va Eldor Shomurodovni (5 mln yevro) ortda qoldirib, O‘zbekistonning eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92612 | Инструменты