O‘zbekiston milliy jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi himoyachisining transfer narxi ikki barobarga o‘sdi.
Statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi Transfermarkt portali 20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchining narxini yangiladi. Unga ko‘ra, Abduqodir Husanov 5 million yevroga baholangan. 2024-iyunda yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, uning bahosi 2,5 million edi.
Shu tariqa, Husanov bu borada Eldor Shomurodovga yetib oldi. Portal O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi sifatida Abbosbek Fayzullayevni ko‘rsatgan. Uning narxi 6 million yevroni tashkil etadi.
Yosh bo‘lishiga qaramay, Abduqodir Fransiya klubining asosiy tarkibida o‘ynab kelmoqda. Taniqli Sofascore sport portali sentyabr oyi uchun 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi yosh futbolchilar ramziy jamoasini e’lon qildi. Ushbu jamoaga Bellingem, Yamal bilan bir qatorda Abduqodir ham o‘rin oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты