Achinarli statistika: “Barselona” “Bavariya”ga qarshi bahsda bironta aniq zarba bera olmadi
Kecha, Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida “Barselona” oʻz uyida “Bavariya”ga qarshi bahs olib bordi va 0:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
UEFA rasmiy saytining xabar berishicha, mezbonlar uchrashuvda bironta aniq zarba bera olmagan. Uchrashuvda nemislar raqib darvozasiga jami 13 ta zarba yoʻllagan, shulardan 7 tasi moʻljalga aniq borgan. “Koʻk-anorranglilar” esa 10 ta zarba berishgan boʻlib, ularning 3 tasi noaniq ketgan, yana 7 tasi esa himoyachilar tomonidan toʻsib qoʻyilgan. Ya’ni, ispanlarning bironta zarbasi ham darvozabongacha yetib bormagan.
Avvalroq, klub bosh murabbiyi Xavining mavsum oktabr oyida tugamasligi vahali oldinda yutish mumkin boʻlgan sovrinlar borligi haqidagi fikrlarini ma’lum qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121610 | Инструменты