Huawei 1
“Mavsum oktabr oyida tugamaydi, hali oldinda yutish mumkin boʻlgan sovrinlar bor”, — Xavi

Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi Chempionlar Ligasi 5-turidan oʻrin olgan “Bavariya”ga qarshi oʻyindagi magʻlubiyatdan soʻng (0:3) oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Barchasi uchun muxlislarga rahmat. Bugun stadionda muhit ajoyib boʻldi. Minnatdormiz, bu hurmatga loyiq. Lekin ularni oʻz oʻyinimiz bilan qaytara olmaganimiz achinarli.

Ammo, keling, Chempionlar Ligasidan chetga chiqamiz va haqiqatga qaraymiz. Avval ham aytganman: biz kurash orqali oʻsishimiz kerak, bugun bizga katta zarba berildi. Munosib kurasha olmadik, raqib saviyasiga toʻgʻri kelmadik. “Bavariya” juda kuchli, bizdan ancha yaxshi edi, ular ancha intensiv harakat qilishdi. Oʻyindan oldin turnirni tark etganimizni bilish holatimizga taʼsir qildi.

Mavsum oktyabr oyida tugamaydi. Bu natija achinarli, ammo qoʻlga kiritish mumkin boʻlgan boshqa sovrinlar ham bor”, — deydi Xavi.

Avvalroq, “Barselona”ni yenggan myunxenliklar biryoʻla 3 rekordni yangilagani haqida xabar bergan edik.

Mavzuga doir:

Xavi: “Yevropa Ligasida g'alaba qozonish uchun sherlar kabi kurashamiz”

Xavi “Barselona”ni butunlay yangilash niyatida: klub yozda 4 nafar eng tajribali futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

Xavi “Barselona”ning qishda va yozda transferlar amalga oshirishi haqidagi savollarga javob berdi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102408 | Инструменты