Slovakiya Prezidenti Piter Pellegrini favqulodda vaziyatlar vaqtida ishlashdan bosh tortgan shifokorlarni jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Slovakiya radiosi xabar berdi.
Bildirilishicha, qonun respublikada yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda bemorlarni himoya qilishga qaratilgan.
“Agar shifokor bu vaqtda o‘z kasbiy vazifalarini bajarishdan bosh tortsa, agar uning aybi bilan bemorning hayoti xavf ostida bo‘lsa, u besh yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Qonunni qabul qilish ish haqini sezilarli darajada oshirishni talab qilgan shifokorlarning noroziliklari fonida respublika hukumati tashabbusi bilan vujudga kelgan.
Qayd etilishicha, shifokorlar norozilik namoyishlari sabab dekabr oyida o‘z ish joylarini tashlab ketsa, rasmiylar sog‘liq uchun favqulodda holat e’lon qilishi va yangi huquqiy normani qo‘llashi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121518 | Инструменты