Huawei 1
Checheniston yana dronlar hujumiga uchradi

Checheniston poytaxti Grozniy shahrida 15-dekabr kuni dronlar hujumi kuzatildi. Bu haqda Chechenistonning muxolifatchi NIYSO Telegram kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Checheniston Ichki ishlar vazirligining OMON bazasi va patrul-post xizmatining 2-polki, shuningdek, Ukrainadagi urushda qatnashayotgan shaxslar tayyorgarlik o‘tayotgan harbiy baza nishonga olingan.

Dronlar qulaguncha otishma ovozlari aniq eshitildi. Ya’ni, xodimlar dronlarning kelishiga tayyor edi va ularga qarshi o‘q uzdi, ammo baribir hech narsa qila olishmadi, deydi voqea guvohlari.

Ramzan Qodirov uchta dron hujum qilgani, ularning ikkitasi urib tushirilganini tasdiqlagan.

Hujum qilishga bo‘lgan har qanday urinishga yanada aniqroq va qattiqroq qasos zarbalari bilan javob beramiz, degan u.

Checheniston rahbari bunga javoban Rossiya harbiylari Xarkovdagi obyektlardan biriga ikkita “Iskander” zarbasini yo‘llagani, u yerdagi taxminan 200 nafar ukrainalik yo‘q qilinganini aytdi. Ukraina tomoni mazkur xabarga hali rasmiy munosabat bermagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121519 | Инструменты