"Shaharliklar" yilning eng shov-shuvli transferini e'lon qildi
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Holand yangi mavsumni Angliya Premyer-ligasida boshlaydi.
“Manchester Siti” klubi rasmiy sayti Holand transferi bo‘yicha Dortmund klubi bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Erling 1 iyul kuni Manchester klubi a’zosiga aylanadi.
“Transfer futbolchining shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishilgach, rasmiylashtiriladi”, – deyiladi klub xabarida.
Ma’lumot uchun, Erling joriy mavsum klubi safida jami 29 o‘yinda 28 ta gol va 7 ta assistga mualliflik qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43000 | Инструменты