Neymarning "Al-Hilol" bilan shartnomasi rasman bekor qilindi. Bu haqda Saudiya klubi ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.
"Al-Hilol va Neymar tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra shartnomani bekor qilishga kelishib oldilar. Rahmat va omad tilaymiz, Neymar”, - deyiladi xabarda.
Braziliyalik futbolchi 2023 yilning avgustida "PSJ"dan "Al-Hilol"ga o'tgan edi. Transfer narxi 90 million yevroni tashkil qildi. Jarohatlari tufayli yulduz forvard amaldagi chempion Saudiya Arabistoni terma jamoasi safida bor yo'g'i yettita o'yinda maydonga tushib, bitta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yaqin orada Neymar faoliyatini boshlaganda o'ynagan "Santos"ga qaytishi kutilmoqda. 5-fevral kuni futbolchi 33 yoshga to'ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13022 | Инструменты