“Arsenal” yaxshi shakllangan jamoa. Biz esa hali jarayonning boshidamiz”, — Ten Hag
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Erik ten Hag APL 6-turidan oʻrin olgan “Arsenal”ga qarshi bahsdan keyin (3:1) oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Biz hali jarayonning boshida turibmiz, hali muvaffaqiyatdan yiroqmiz. Antoni va Reshford ajoyib o‘ynashdu. Ular doimo raqibga xavf solib turishdi. Bizning hujumimiz haqiqatan ham kuchli koʻrindi — ular tezkor va kreativ. Bu ularning birgalikdagi birinchi oʻyini edi.
Bizga Antonidek futbolchi yetishmayotgandi. Markus va Jeydon chap qanotda oʻynashni afzal koʻrishadi. Antonida salohiyat bor, u yaxshilanadi. Oʻylashimcha, bahsning dastlabki 10 daqiqasida mavsumdagi eng yaxshi oʻyinimizni koʻrsatdik.
MYU bundan ham yaxshiroq natija koʻrsatishi mumkin edi, lekin biz “Arsenal” oʻyinchilari kabi uzoq vaqt birga boʻlmaganmiz. Buni tushunsak, oʻyinni yaxshiroq nazorat qila olamiz. Pressing va oʻyin tashkillashtirishimizni rivojlantirishimiz kerak”, — deydi Ten Hag.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11105 | Инструменты