Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan oldindan hech qanday shartlarsiz uchrashishga tayyor. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Prezident Putin xalqaro yetakchilar, shu jumladan AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan aloqalar o‘rnatishga ochiqligini bir necha bor bildirgan. Prezidentning shaxsan o‘zi ham, biz ham bu haqda bir necha bor ta’kidlaganmiz. Buning uchun hech qanday shart talab qilinmaydi. Faqat o‘zaro istak va siyosiy iroda orqali mavjud muammolarni muloqot yordamida hal qilish talab etiladi”, dedi Peskov.
Shuningdek, u Donald Tramp muammolarni muloqot yo‘li bilan hal qilishga tayyor ekanini bildirganini ijobiy baholagan.
“Biz janob Tramp ham muammolarni muloqot orqali hal qilishga tayyorligini bildirayotganini ko‘ryapmiz va buni olqishlaymiz. Hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q, ammo biz uchrashuvga o‘zaro tayyormiz. Ko‘rinishidan, janob Tramp Oval kabinetga kirganidan keyin ba’zi harakatlar bo‘ladi”, dedi Peskov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11022 | Инструменты