Qozog‘istonning “Yo‘lovchilar tashish” AJ va O‘zbekistonning “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari Ostona – Samarqand yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi masalasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Qozog‘iston Transport vazirligi xabar berdi.
Tomonlar yangi yo‘nalishdan tashqari Turkistondan Toshkentga qatnovchi “Jibek Joli”dan tashqari turistik poyezdlar geografiyasini kengaytirishni ham muhokama qilgan.
Ikki mamlakat temiryo‘llari vakillari boshqa masalalar, xususan, yo‘lovchi poyezdlari qatnovi jadvalini takomillashtirish masalalarini ham ko‘rib chiqqan. O‘zbekiston tomoni 1/2-sonli “Olmaota-Toshkent” poyezdining harakat jadvalini qayta ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqqan.
“Buning natijasida jo‘nab ketish va kelish vaqtlari qulayroq bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11021 | Инструменты