Huawei 1
10-yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namanganda FVB boshlig‘i 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Romano: Gvardiola Husanov transferiga rozilik berdi. "Siti" "Lans" bilan kelishuvga erishishga yaqin

"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola transferga rozilik bergan. U o‘zbekistonlik 20 yoshli futbolchini jamoasida ko‘rishni istamoqda.

Samarqand va Jizzaxda maktabga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi 100 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilarni avtobuslar bilan maktabga qatnovi autsorsing asosida tashkil etiladi.

Toshkentda yo‘l chiziqlarini chizish va belgilarni o‘rnatishga xususiy sektor jalb qilinadi

Poytaxt hokimligi, ichki ishlar hamda iqtisodiyot va moliya vazirliklari 2025-yilning martiga qadar Toshkent shahrida samarali transport boshqaruvi tizimini tashkil etish va tirbandliklarning oldini olish bo‘yicha sifat jihatdan yangi tizimni yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi.

O‘zbekiston dunyo armiyalari reytingida 7 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston Qurolli kuchlari dunyo armiyalari reytingida 145 mamlakat ichida 58-o‘rinni egalladi.

Gulbahor Izentayeva yana Savitskiy nomidagi muzey rahbari etib tayinlandi

Gulbahor Izentayeva I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi direktori lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiq qilinadi

Ushbu maqsadlar uchun Shveysariya hamkorlik va taraqqiyot agentligi tomonidan O‘zbekistonga 2 mlrd so‘mlik grant mablag‘i ajratilgan.

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi jarayonida avtoturargohlar tashkil etish majburiy bo‘lishi mumkin

Sentabr oyiga qadar ko‘p xonadonli turar joy binolarini loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish jarayonida avtomobillar uchun yerosti to‘xtash joylarini tashkil etishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda.

O'zbekistonda amaldorlarning korrupsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin

Davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda.

Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro'yxati tasdiqlandi

“O'zbekiston Respublikasi hududida chiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bog'liq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

3 mingga yaqin o‘zbekistonlik Buyuk Britaniyaga ishga jo‘natiladi

3 mingga yaqin saralangan nomzodlarni bosqichma-bosqich tarzda Buyuk Britaniyada ish bilan ta'minlash bo'yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11020 | Инструменты