Huawei 1
Toshkent shahrida Matiz va Spark to'qnashishi oqibatida bir kishi halok bo'ldi

Joriy yilning  10-oktabr kuni soat 23:30 larda Olmazor tumani  Nurafshon ko'chasida, haydovchi 1984 yilda tug'ilgan B.Q. boshqaruvida bo'lgan Spark rusumli avtomashinasi;

Haydovchi 2004-yilda tug'ilgan I.T. boshqaruvida bo'lgan Matiz rusumli avtomashinalari ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.

YTH natijasida Spark avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari  natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Spark avtomashina ichida bo’lgan 2 nafar yo’lovchilarga hamda Matiz avtomashina haydovchisiga birinchi yordam ko’rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101113 | Инструменты