Huawei 1
AQSHdagi “Milton” to‘foni 13 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, millionlab odamlar elektrsiz qoldi

AQSHga yopirilgan “Milton” to‘foni 13 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, millionlab odamlar elektrsiz qoldi. Bu haqida NZ Herald sayti xabar qildi.

To‘fon vaqtida Floridada bo‘lgan Yangi Zelandiyaning 100 dan ortiq fuqarosi ham tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan. To‘fon halokatli suv toshqinlarini keltirib chiqargan. Uylar, binolar va stadionlarga jiddiy zarar yetkazgan.

Floridaning Atlantika okeani sohilidagi Sent-Lyusiya okrugida besh kishining o‘limi tasdiqlandi, rasmiylar tornado ko‘tarilganini aytdi.

Shuningdek, Sent-Pitersburg politsiyasi o‘z shahrida to‘fon oqibatida ikki kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Volusi okrugi sherifi Maykl J.Chitvud esa uch kishining o‘limi haqida xabar berdi.

Rasmiylar to‘fon qurbonlari bundan ham ko‘p bo‘lishini taxmin qilmoqda. Sent-Lyusiya okrugi sherifi Keyt Pirson “Biz hali ‘Milton’ to’foni oqibatlarini to‘liq ko‘rmadik. Ishontirib ayta olamanki, ba’zi joylarda poydevordan boshqa hech narsa qolmagan”, dedi u.

Keyt Pirson uylar xuddi mashinalar kabi ko‘tarilib ag‘darilgani, ba’zilari esa yuzlab metrlarga siljiganini qayd etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101113 | Инструменты