Huawei 1
JCH-2026 saralashi. Argentina durang o‘ynadi, Braziliya g‘alabani ilib ketdi, Kolumbiyada mag‘lubiyat

Janubiy Amerika mintaqasida 2026 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida 9-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. 

Peshqadam Argentina (19) safarda Venesuela (11, 7-o‘rin) bilan ochkolarni bo‘lishib oldi. 

Braziliya (13) Chili (5, 9-o‘rin) maydonida so‘nggi daqiqalarda g‘alaba to‘pini kiritdi. 

2-o‘rindagi Kolumbiya kutilmaganda 10 kishi bo‘lib qolgan Boliviyaga (12, 6-o‘rin) yutqazib qo‘ydi. 

Ekvador (12, 5-o‘rin) va Paragvay (10, 8-o‘rin) o‘rtasidagi bellashuvda hisob ochilmadi. 

JCH-2026 saralashi. KONMEBOL
9-tur. 10 oktyabr
Venesuela — Argentina 1:1

Gollar: Rondon (65) — Otamendi (13).
Venesuela – Romo, Aramburu, Ferraresi, Osorio, Gonsales, Martines (Kastillo, 90+3), Rinkon (Kadis, 59), Errera, Soteldo, Rondon, Savarino (Machis, 59).
Argentina – Rulli, Talyafiko, Otamendi, Pesselya, Molina, Fernandes (Paredes, 85), Almada (Montiel, 46), Lo Chelso (Balerdi, 68), De Paul, Messi, Alvares (Martines, 85).
Ogohlantirishlar: Martines (32), Batista (89), Pesselya (90+4).

Chili — Braziliya 1:2
Gollar: Vargas (2) — da Kruz (45+1), Luis Enrike (89).
Chili – Kortes, Galdames (Morales, 65), Kushchevich, Maripan, Loyola, Echeverriya, Paves (Alarkon, 76), Davila (Kepeda, 59), Valdes (Tapiya, 76), Osorio, Vargas (Palasios, 76).
Braziliya – Ederson, Abner (Martinelli, 85), Gabriel, Markinos, Danilo, Andre (Gimaraes, 46), Paketa (Jerson, 46), Rodrigo, Rafinya, Savio (Luis Enrike, 68), Igor Jezus (Endrik, 76).
Ogohlantirishlar: Paketa (3), Galdames (40), Danilo (62), Loyola (72).

Boliviya — Kolumbiya 1:0
Gol: Migelito (58).
Boliviya – Viskarra, Sagredo, Suares, Akin, Medina, Vaka, Kuelyar, Mateus (Terrasas, 80), Migelito (Pas, 68), Chura (Vilyamil, 31), Algaranyas (Miranda, 80).
Kolumbiya – Vargas, Borxa, Lukumi, Ditta, Ariyas, Kastanyo (Lerma, 63), Uribe (Rios, 46), Dias (Ernandes, 78), Xames, Ariyas (Asprilya, 63), Martines (Kordoba, 23).
Ogohlantirishlar: Kastanyo (51), Miranda (90+3).
Chetlatish: Kuelyar (20).

Ekvador — Paragvay 0:0
Ekvador – Galindes, Inkapie, Pacho, Torres, Estupinyan (Ramires, 77), Kaysedo, Franko, Presiado (Sarmiyento, 46), Payes (Minda, 46), Valensiya (Yeboa, 77), Plata (Kampana, 66).
Paragvay – Fernandes, Alderete, Gomes, Balbuena, Sandes (Arsamendiya, 83), Kaseres, Bobadilya (Vilyasanti, 76), Kubas, Ensiso (Sosa, 67), Arse (Pitta, 67), Almiron (Romero, 75).
Ogohlantirishlar: Kaysedo (32), Sandes (83).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101113 | Инструменты