Huawei 1
O'zbekiston bo‘yicha 26,9 ming nafar jismoniy va yuridik isteʼmolchi qarzdorligi uchun suv taʼminoti tarmog‘idan uzildi

Joriy yilda “O‘zsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy suv taʼminoti korxonalari hamda  nazorat organlari bilan hamkorlikda suv taʼminoti va oqova suv tizimlariga 8 500 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi. 

Bunda eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:

1. Farg‘ona viloyatida – 1 500 ta;

2. Toshkent shahrida –1 400 ta;

3. Sirdaryo viloyatida –1 400 ta.

 Mazkur qonunbuzarliklar tufayli jamiyat manfaatlariga jami 75,7 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy suv taʼminoti korxonalari tomonidan respublika bo‘yicha 26,9 ming nafar jismoniy va yuridik isteʼmolchi qarzdorligi uchun suv taʼminoti tarmog‘idan uzilgan. Ushbu holatlarning 13,3 mingtasi, yaʼni eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan.

Taʼkidlash joiz, hisobot davri davomida suv taʼminoti tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari bo‘yicha 139,3 ming nafar isteʼmolchidan jami 421 milliard so‘mlik mablag‘ni undirish maqsadida fuqarolik va iqtisodiy sudlarga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.

Kiritilgan ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 68,5 mingta 224 milliard so‘mlik sud qarorlari qabul qilinib, bugungi kunda Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda ijro varaqalari ijrosini taʼminlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101113 | Инструменты