Huawei 1
“Barsa” o‘yinchisi Erik Garsiyani beshta jamoa chaqiryapti

Yozgi transfer bozori ochilmay turib, “Barselona” himoyachisi Erik Garsiyani hamkorlikka chaqirayotgan klublar soni tobora oshib bormoqda.

Fichajes nashrining maʼlum qilishicha,  24 yoshli futbolchini La Ligadan “Jirona”, “Real Sosyedad” va “Real Betis”, Italiyadan “Komo” hamda Angliyadan “Tottenxem” o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorligini bildirgan.

Garchi Erik Garsiya “Barselon”da joyi kafolatlangan o‘yinchilardan hisoblanmasa-da, bosh murabbiy Xans-Diter Flikning unga bo‘lgan ishonchi ortib boryapti. Germaniyalik mutaxassis bu markaziy himoyachi ayni paytda “Barselona” qo‘llayotgan o‘yin uslubiga mos ekanini taʼkidlamoqda.

Xaridor klublar Garsiyaning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanishiga eʼtibor qaratmoqda va uni imkon qadar tezroq olib ketmoqchi.

Kataloniya klubi esa, Flik talabi bilan himoyachiga yangi shartnoma tayyorlayapti. Bu vaziyatda ko‘p narsa Erik Garsiyaning qanday qarorga kelishiga bog‘liq bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51821 | Инструменты