“Barselona”, “Arsenal” va MYU klublari sobiq hujumchisi faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi
Italiyaning “Inter” klubi hujumchisi Aleksis Sanches yaqin kunlarda milanliklar safini tark etadi.
Chililik 33 yoshli futbolchi Milan klubi bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha rahbariyat bilan kelishib oldi. Ma'lumotlarga ko'ra, u faoliyatini Fransiyaning “Marsel” klubi safida davom ettiradi. Fransuz nashrlarining ta'kidlashicha, transfer kelasi hafta eʼlon qilinadi. Sanches marselliklar bilan 2024-yilgacha shartnoma imzolaydi.
Ma'lumot uchun, Aleksis “Inter” safida 2020-yil sentyabridan buyon toʻp surib kelmoqda.. U “neradzurrilar” safida 108 ta oʻyinda maydonga tushib, 20 ta gol hamda 23 ta assistga mualliflik qilgan.
Eslatib o'tamiz, Sanches faoliyati davomida “Barselona”, “Arsenal” hamda “Manchester Yunayted” singari top klublar safida o'ynagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112607 | Инструменты