Xitoyning Akrtikadagi faoliyati ilmiy tadqiqotlar chegarasidan chiqib, razvedka maʼlumotlarini to‘plashga o‘tgan. Bu haqda Kanada mudofaa vaziri Uilyam Bler Galifaksda o‘tkazilgan xavfsizlik forumida maʼlum qildi.
«Xitoy bizning Arktikamizga ikki usulda yondashmoqda. Birinchisi — iqtisodiy bosim, mintaqadagi o‘ta muhim va boshqa infratuzilmalarga investitsiyalar orqali. Ikkinchisi — o‘zlari ilmiy tadqiqot deb atayotgan yo‘nalish orqali», — deydi Mudofaa vazirligi rahbari.
Blerning so‘zlariga ko‘ra, Kanada xitoyliklarning Arktikadagi faoliyati ilmiy tadqiqot maqsadlari bilan cheklanib qolmayotganini kuzatib bormoqda.
«Ular dengiz tubining xaritasini tuzmoqda. Ular razvedka maʼlumotlarini to‘playapti» — deya oydinlik kiritgan Bler.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112521 | Инструменты