Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Askiya bozori hududi, bino va inshootlari sotuvga qo‘yildi. Bu haqda E-auksion platformasida maʼlum qilindi.
Obyektning umumiy maydoni 1,83 gektar bo‘lib, shundan 0,68 gektarda binolar joylashgan. Bino va inshootlarning umumiy maydoni 7439 kvadrat/metrni tashkil etadi.
Obyekt Shota Rustaveli va Shohjahon ko‘chalari oralig‘idagi Rakat mavzesida, Do‘stlik bog‘i (sobiq Bobur bog‘i) yaqinida joylashgan.
Auksionga bozor binolari va uning ostidagi yer uchastkasidan foydalanish huquqi qo‘yilmoqda. Real Excellent Valuation kompaniyasining 1 iyuldagi hisobotiga ko‘ra, bino va inshootlarning bozor qiymati 9 milliard so‘mga, yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi esa 180 milliard so‘mga baholangan.
Bozor aksiyadorlari lotni boshlang‘ich qiymati 214,85 milliard so‘m (taxminan 16,8 million AQSH dollari) bo‘lgan (QQS bilan) savdolarga chiqarishdi. Auksion 20 dekabr kuni soat 10:00 da o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112521 | Инструменты