Huawei 1
“Barselona” o'z himoyachisini “Borussiya Dortmund” futbolchisi bilan almashtirmoqchi

Ispaniyaning “Barselona” klubi Dortmundning “Borussiya” jamoasi a'zosi Toma Menyeni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Oldinroq kataloniyaliklar “Borussiya” himoyachisini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi ekani, ammo nemis jamoasi uni sotmoqchi emasligi, chunki uning oʻrniga futbolchi topish qiyin boʻlishi aytilgandi. Shuningdek, Dortmund klubi ushbu futbolchi transferi uchun 15 mln yevro talab qilgan va bu “koʻk-anorranglilar”ga toʻgʻri kelmasdi.

“Diario Sport” nashri xabariga koʻra, “Barsa” endi “Borussiya”ga Menye uchun o'z himoyachisi Serjinyo Destni taklif qilgan. “Asalarilar” esa bu taklifga hozircha javob qaytarishmagan.

Avvalroq, “Barselona”ning Breytueytga nihoyat xaridor topgani va uni sotish arafasida turganligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51200 | Инструменты