Huawei 1
“Barselona” prezidenti yaqin kunlarda Messi bilan bog‘lanib, uni Kataloniyaga qaytishga ko‘ndirmoqchi

Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchi Lionel Messini ortga qaytarish maqsadidan qaytgani yoʻq.

Mahalliy “Diario Sport” nashri xabariga koʻra, kataloniyaliklar jamoaning sobiq sardorini 2023-yil yozida erkin agent sifatida oʻz safiga qoʻshib olmoqchi.
“Koʻk-anorranglilar” prezidenti Joan Laporta yaqin kunlarda futbolchi bilan bogʻlanmoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Barselona”ning moliyaviy muammolari saqlanib qolmoqda, ammo PSJga pul toʻlamay turib ham kelishuvga erishish mumkinligi urinib koʻrishga imkon beradi.

Avvalroq Messi parijliklar bilan shartnomani uzaytirishga rozi boʻlgani xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22212 | Инструменты