“Barselona” safida Chempionlar ligasida xet-trik qayd etgan Levandovski biryo'la 3 ta rekordni yangiladi
Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski kataloniyaliklar safida Chempionlar Ligasining 1-turidan oʻrin olgan “Viktoriya Plzen”ga qarshi bahsida (5:1) 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Natijada 34 yoshli polyak ushbu turnirda 3 xil jamoa safida xet-trikka erishgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi. Bungacha u “Bavariya” va “Borussiya Dortmund”da ham buni uddalagan edi. Shuningdek, Levandovski kataloniyaliklar safida Chempionlar Ligasidagi debyutidayoq 3 ta toʻp kiritgan ilk futbolchi boʻldi. Bungacha hech bir “blaugranas” futbolchisi YChLdagi birinchi o'yinidanoq 3 ta gol ura olmagan. Uning Chempionlar ligasidagi xet-triklari soni 6 taga yetgan, undan oldinda 8 tadan xet-trik qayd etgan Ronaldu va Messi joy olgan.
Bundan tashqari, futbolchi turnirdagi gollari sonini 89 taga yetkazib oldi va YChL tarixidagi to'purarlar reytingida 3-o'ringa chiqib oldi. Oldinda faqat Ronaldu va Messi bor. 4-o'rindagi Benzemada esa 86 ta gol mavjud.
Maʼlumot oʻrnida, Krishtianu Ronaldu, Filippo Indzagi va Neymar YChLda ikki xil jamoa safida xet-trik qayd etishgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111416 | Инструменты