“Bavariya” “Atletiko” hujumchisini sotib olish uchun rasmiy taklif jo'natdi

“Atletiko” hujumchisi Joau Felish yozgi transferlar oynasida “Bavariya”ga oʻtishi mumkin. Bu haqda “Bayern&Germany” nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Germaniya klubi 22 yoshli portugaliyalik uchun 80 million yevro taklif qilgan, biroq “matraschilar” rahbariyati bu taklifni rad etgan. Avvalroq hujumchining xizmatlariga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Felish 2019-yilning iyul oyida “Benfika”dan 127,2 million yevro evaziga “Atletiko”ga oʻtgan edi. Madridliklar safida u jami 124 ta oʻyin oʻtkazib, 29 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2025-26 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Avvalroq, “Atletiko” hujumchisiga PSJ va “Bavariya” qiziqish bildirayotgani, shuningdek, futbolchining o‘zi ham klubdan ketishni xohlayotgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92108 | Инструменты