“Bavariya” futbolchisi “Barselona”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Germaniyaning “Bavariya” klubi futbolchisi Kingsli Koman mashgʻulotlar vaqtida jarohat oldi.

Fransiyalik hujumchining oʻng sonida mushaklar zoʻriqishi aniqlangan. “Bild” nashri xabariga koʻra, u jarohati tufayli 2-3 haftani oʻtkazib yuboradi. Shu tariqa, Koman Chempionlar Ligasi guruh bosqichida “Barselona”ga qarshi oʻynolmaydigan boʻldi. Shuningdek, u Bundesliga doirasidagi bir nechta bahslarda ham ishtirok etmaydi.

26 yoshli futbolchi FIFA kunlaridan soʻng safga qaytishi kutilmoqda. Bu mavsumda Koman Bundesliganing 3ta oʻyinida 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq, “Barselona”ning Grizmann masalasi tufayli “Atletiko Madrid”ni sudga bermoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10400 | Инструменты