“Bavariya” oyog'i sinib, mavsum yakunigacha safdan chiqqan Noyer o'rniga JCh-2022 kashfiyotini olib kelmoqchi
Germaniyaning “Bavariya” klub Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni Dominik Livakovichni sotib olishi mumkin.
Myunxen klubi rahbariyati Zagrebning “Dinamo” klubi aʼzosi vakillari bilan muzokaralarni boshlab yubordi. 27 yoshli posbon changʻi uchayotib oyogʻini sindirib olgan va mavsum oxirigacha safdan chiqqan Manuel Noyerning oʻrnini bosishiga ishonishmoqda.
“Bavariya” va Livakovichning agentlari oʻrtasidagi muzokaralar dastlabki bosqichda. Oldinroq Bundesliga yetakchisi “Monako”ga ijaraga berilgan Aleksander Nyubelni qaytarish yoki PSJ zaxirasida qolib ketayotgan Keylor Navasni qoʻlga kiritishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Xorvatiya chempionatining bu mavsumida Livakovich 16 ta bahsda 17 ta gol oʻtkazib yuborgan. JCH-2022’da esa u 5 oʻyinda 3 bor darvozasidan toʻp olib chiqdi, Yaponiya va Braziliyaga qarshi pley-off bahslarida penaltilar seriyasida seyvlar qilib, jamoasining yarim finalga chiqishiga hissa qoʻshdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121607 | Инструменты