Huawei 1
“Bavariya” qoniqarsiz natijalari tufayli Nagelsmanni iste'foga chiqarmoqchi. Uning o'rnini kim egallashi ma'lum

Germaniyaning “Bavariya” klubi joriy mavsum Bundesligadagi qoniqarsiz natijalari tufayli bosh murabbiy Yulian Nagelsmanni iste'foga chiqarishi mumkin.

“Sport Bild” nashri xabariga koʻra, “Chelsi”dan yaqinda iste'foga chiqarilgan Tomas Tuxel myunxenliklar uchun asosiy variant bo'lib turibdi. Hozirda nemis mutaxassisi ishsiz va shu tufayli, “Chelsi”ga qadar “Mayns”, “Borussiya Dortmund” va PSJ klublarida ham ishlagan mutaxassis “Bavariya” taklifini qabul qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, “Bavariya” Bundesligadagi dastlabki 7 ta oʻyinda 12 ochko jamgʻardi va peshqadam “Union”dan 5 ochko ortda qolib, 5-oʻrinni egallab turibdi. Soʻnggi 4 ta oʻyinda esa biror marta gʻalaba qozonolmadi (3 ta durang va 1 ta magʻlubiyat). Biroq, jamoa Yevropa Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda (“Barselona”ga qarshi 2:0, “Inter”ga qarshi 0:2).

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102406 | Инструменты