Huawei 1
11 oyda soliq auditi jami soliq toʻlovchilarning faqat 0,3 %ida oʻtkazilgan

Soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 1 780 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (563 ming) 0,3 foizini tashkil etadi.

Aniqlangan soliq xavfi summasi – 5 259 mlrd soʻm;

Soliq auditida aniqlanlangan summa – 5 903,4 mlrd soʻm.  

Soliq auditida aniqlangan summa sohalar kesimida:

  • savdo va umumiy ovqatlanish sohasida – 3 727,2 mlrd soʻm (63,1%);
  • qurilish sohasida – 905,5 mlrd soʻm (15,3%);
  • ishlab chiqarish sohasida – 412,6 mlrd soʻm (7%);
  • xizmat koʻrsatish sohasida – 364,6 mlrd soʻm (6,2%);
  • transport sohasida – 217 mlrd soʻm (3,7%);
  • qishloq xoʻjaligi sohasida – 131,6 mlrd soʻm (2,2%);
  • boshqa sohalarda – 144,9 mlrd soʻm (2,5%).

Oʻtkazilgan soliq auditlarida 574 ta soliq toʻlovchida 9 100,3 mlrd soʻmlik soliq bazasi yashirilgan:

  • 272 ta subyektda 2 642,5 mlrd soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;
  • 179 ta subyektda 3 114,2 mlrd soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;
  • 123 ta subyektda 3 343,6 mlrd soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.

Bugungi kunga, aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 5 077,8 mlrd soʻmning 1 206,8 mlrd soʻmi (23,8 %) toʻlab berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121518 | Инструменты