“Bavariya” va “Barselona” bilan bir guruhdan joy olgan “Inter” bosh murabbiyi qur'a haqida gapirdi
Italiyaning “Inter” klubi bosh murabbiyi Simone Indzagi kecha, 26-avgust kuni bo'lib o'tgan Yevropa Chempionlar Ligasi qurʼa tashlash marosimi natijalari haqida fikr bildirdi.
Qu'raga ko'ra, milanliklar “C” guruhida “Bavariya”, “Barselona” hamda “Viktoriya Plzen” bilan toʻqnash keladigan boʻldi.
“Yevropa Chempionlar Ligasi — juda nufuzli turnir. Bizni kuchli va yaxshi tashkil etilgan jamoalar kutib turibdi. Har doimgidek biz har bir bahsga eng yaxshi tarzda tayyorgarlik koʻramiz, har bir kichik detalni oʻrganamiz. Bilamizki, bu darajada oddiy oʻyinlar yoʻq.
Biz “Inter”miz, bu musobaqaga ishtiyoq bilan yondashamiz. Maqsadimiz – oʻtgan yilgi yoʻlimizni davom ettirish”, — deydi Inzagi.
Avvalroq, “Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining ham guruh bosqich qur’a natijalari haqida fikr bildirgani toʻgʻrisida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121610 | Инструменты