“Bavariya”ga qarshi bahsda u bir necha daqiqa bo‘lsa ham o‘ynashini xohlar edim”, — Neymar

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi hujumchi Neymar “Bavariya” bilan oʻyin oldidan jamoadoshi Kilian Mbappe haqida fikrini bildirdi.

“Kilian jamoamiz uchun juda muhim figura. Barchamiz maydonda boʻlganimizda oʻzimizni kuchliroq sezamiz. U bir necha daqiqaga boʻlsa ham “Bavariya”ga qarshi oʻynashiga umid qilaman. Unda hammasi joyida oʻzini yaxshi his qilmoqda. Oʻylaymanki, u jarohatidan tiklanishga ulgurdi”, - deya Neymarning soʻzlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Maʼlumot uchun, YChL nimchorak finali doirasidagi PSJ – “Bavariya” uchrashuvi bugun, 14-fevraldan 15-fevralga o‘tar kechasi soat 01:00 da start oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61813 | Инструменты