Huawei 1
Bugun Jahon chempionatida navbatdagi 4 uchrashuv o‘tkaziladi

Bugun, 23-noyabr kuni Qatarda 4 yillikning eng muhim musobaqasi bo‘lmish futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 4-kungi bahslari bo‘lib o‘tadi.

Taqvimga ko‘ra, bugun “E” hamda “F” guruhlarida birinchi tur bahslari, ya’ni 4 ta uchrashuv o‘tkazilishi belgilangan. E’tiborli jihati shundaki, qolgan kunlardagi bahslarga qaraganda bugungi to‘rttala juftlikda ham yulduzli jamoalar ishtirok etishadi. Bugungi uchrashuvlar ro‘yxati va vaqti bilan tanishing:

Marokash — Xorvatiya 15:00
Germaniya — Yaponiya 18:00
Ispaniya — Kosta-Rika 21:00
Belgiya — Kanada 00:00.

Eslatib o‘tamiz, kechagi bahslarda Argentina Saudiya Arabistoniga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi, Polsha Meksika bilan hamda Daniya Tunis bilan nursiz durang qayd etishdi. Shuningdek, amaldagi chempion Fransiya Avstraliyani 4:1 hisobida taslim etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22108 | Инструменты