Huawei 1
Jiruda dubl, Mbappe va Rabyoda golli harakatlar: Fransiya Avstraliyani yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Futbol bo‘yicha Qatarda davom etib kelayotgan Jahon chempionati D guruhida 1-tur bahslari yakuniga yetdi.

Unda amaldagi chempion Fransiya Avstraliya bilan bahsni dastlab toʻp oʻtkazib yuborganiga qaramay, yirik hisobda gʻalaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvda avstraliyaliklardan Gudvinning tezkor goliga Rabyo, Jiru (dubl) hamda Mbappe javob berishdi.

Ta’kidlash joizki, Jiru dubl orqali terma jamoadagi gollarini 51 taga yetkazib, bu borada rekordchi Tyerri Anriga yetib oldi. Rabyo va Mbappe gol urishdan tashqari, assistni ham oʻz hisoblariga yozdirib qoʻyishdi.

Eslatib oʻtamiz, guruhning narigi bahsida Daniya hamda Tunis terma jamoalari 0:0 hisobidagi durangga imzo chekkan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22204 | Инструменты