“Chelsi” “Tottenhem” hujumchisini sotib olish bo'yicha “shporlar”ga rasmiy taklif jo'natdi
Angliyaning “Chelsi” klubi hamshahari “Tottenhem”ning 28 yoshli hujumchisi Harri Keynga qiziqish bildirmoqda.
“Bild” nashri insayder-jurnalisti Kristian Faklning yozishicha, “aristokratlar” angliyalik futbolchini sotib olish bo'yicha “shporlar”ga rasmiy taklif yuborgan. Biroq, shu bilan birga jamoa rahbariyati bu transferning o'xshamasligi mumkinligini ham inobatga olishgan. Sababi, Keyn “Tottenhem” bilan shartnoma imzolamagan taqdirda ham, jamoa uni hamshahari “Chelsi”ga emas, “Bavariya”ga sotishni ma'qul ko'radi. Chunki, ular o'zining raqibini kuchaytirishni istamaydi.
Ma'lumot uchun, Keynning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning yozida o'z yakuniga yetadi. U o'tgan mavsum “Tottenhem” safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 27 gol hamda 10 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo'lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51421 | Инструменты