Huawei 1
“Chelsi” yarim himoyachisi faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettiradi

Angliyaning “Chelsi” klubi yarium himoyachisi Kallum Hadson-Odoi faoliyatini Germaniyada davom ettiradi.

Nemis manbalarining ma'lum qilishicha, 21 yoshli iste'dodli yarim himoyachi ijara asosida “Bayer”ga o'tishga yaqin turibdi. Futbolchi bir necha soat avval Leverkuzenga uchib ketgan va bugun u yerda tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda. Agar barchasi muvaffaqiyatli yakunlansa, shartnoma 2 kun ichida imzolanishi aytilgan.

Ma'lumot uchun, yarim himoyachi o'tgan mavsum Premyer-liganing 15 o'yinida maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Avvalroq, “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxelga Angliya Futbol Ittifoqi tomonida yangi ayblov qo'yilganligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51121 | Инструменты