Avvalroq, unga Konte bilan tortishgani uchun 35 ming yevro jarima va 1 o'yinga diskvalifikatsiya jazosi qo'llangan edi
Angliyaning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxelga nisbatan APL 2-turidan oʻrin olgan “Tottenhem”ga qarshi oʻyindan keyin (2:2) bosh hakam Entoni Teylor ishiga bergan izohlaridan soʻng ayblov eʼlon qilindi.
Nufuzli “Sky Sports” nashri xabariga koʻra, Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) murabbiyni “hakamning to‘g‘ri ishlaganiga shubha bildirgan”, deb hisoblamoqda. Tuxel derbidan keyingi matbuot anjumanida bosh hakam “Tottenhem”ning ikkala golini ham notoʻgʻri hisoblagani, himoyachi Kristian Romeroni atayin qoʻpollik qilgani uchun maydondan chetlatmaganini taʼkidladi. Shuningdek, Teylor endi hech qachon “Chelsi” oʻyinlarida hakamlik qilmasligiga umid bildirgan edi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada FA Tuxelni “Tottenhem” bosh murabbiyi Antonio Konte bilan janjallashgani uchun shartli ravishda 1 oʻyinga diskvalifikatsiya qilib, 35 ming funt jarimaga tortgan edi. Kontening o'zi esa 15 ming funt jarima to'lagan.
Avvalroq, nemis murabbiyining London klubi o'z tarkibini yanada kuchaytirishi, aks holda muammolar ko'payaverishi haqida fikr bildirgani borasida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51218 | Инструменты