Huawei 1
PSJ kelasi mavsumda jamoani tark etadigan Messining o'rniga o'rinbosar topdi

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi hujumchisi Joau Felish faoliyatini PSJ safida davom ettirishi mumkin.

Parij klubi rahbariyati hujum chizigʻini yanada kuchaytirishga qaror qilgan. Endi ular jamoaga “Atletiko”ning eng qimmat oʻyinchisini olib kelmoqchi.

“Calciomercato” nashri 22 yoshli hujumkor futbolchiga bir necha katta klublar ogʻiz solayotgani, lekin ular orasida daʼvogar PSJ ekanini yozmoqda. Sababi, PSJ kelasi mavsumda Messi jamoani tark etishi va Mbappening ham ketish ehtimoli yuqori ekanligini biladi, shu sababli, ularning o'rniga keladigan futbolchiga yaxshigina pul to'lashga tayyor bo'ladi. Felish, asosan, Messiga o'rinbosar sifatida qaralmoqda. Mbappening o'rniga esa boshqa bir to'purar hujumchi sotib olinishi maqsad qilingan.

Joau Felishning oʻzi Diego Simeone unga yetarlicha eʼtibor qaratmayotganidan nolimoqda va imkon boʻlishi bilan “Atletiko”dan kuchliroq klublardan biriga oʻtib ketishni rejalashtiryapti.

Avvalroq, yozda “Atletiko” Felishni “Bavariya”ga 100 mln yevro evaziga sotishga rozi bo'lmagani, hozir esa 50 mln evaziga bo'lsa ham sotishga tayyor ekanligi haqida xabar bergan edik.

Mavzuga doir:

PSJ peshqadam emas, “Manchester Yunayted” uchlikda, “Real” 7-o‘rinda: asosiy tarkibi eng qimmat bo‘lgan klublar reytingi e’lon qilindi

“Atletiko” hujumchisiga PSJ va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi ham clubdan ketishni xohlayapti

“Bavariya” “Atletiko” hujumchisini sotib olish uchun rasmiy taklif jo'natdi

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60704 | Инструменты