Huawei 1
Eldor Shomurodov qishda “Roma”ni tark etib, mavsum oxirigacha boshqa jamoada ijarada o'ynaydi

Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov qishda klubini oʻzgartirishi mumkin. Bu haqda “Metaratings.ru” nashri xabar bermoqda.

Oʻzbekistonlik futbolchining vakillari Eldor “Roma”da deyarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayotganidan norozi. Shu bois, qishda uning Rimni tark etishi taxmin qilinmoqda. Qolaversa, yozda Shomurodovga bir qancha klublar qiziqish bildirgan, ammo “Roma” rahbariyati Eldorni jamoada qolishga koʻndirgan edi.

Hujumchiga “Bolonya” va “Torino” qiziqish bildirishmoqda. Ular Shomurodovni yozgi transfer oynasida qoʻlga kiritishga  yaqin kelgandi. Ammo yakunda transfer amalga oshmay qoldi. Maʼlumotlarga koʻra, katta ehtimol bilan Eldor mavsum oxirigacha boshqa jamoada ijarada oʻynaydi. Toʻliq transfer boʻyicha muzokaralar esa 2023-yilning yoziga qoldiriladi.

Mavzuga doir:

Shomurodov: “Biz uchun og‘ir kecha. Menimcha, hammasini to‘g‘rilashga vaqtimiz yetarli”

Shomurodov peshqadam, Holand ikkinchi, Messi beshlikda! Terma jamoamiz hujumchisi 2022-yildagi natijasi bo'yicha dunyoda tengsiz

Eldor Shomurodov qishda “Roma”dan ketmoqchi. Uning qaysi klubga o‘tishi ham ma’lum

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92211 | Инструменты