Huawei 1
Eldor Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini uzaytiradi

O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqida Fabrisio Romano xabar bermoqda

Eldor Rim klubi bilan bitimini 2027-yilga qadar uzaytiradi. Futbolchi bilan muzokaralar davom etayotgani va tez orada detallar ochiqlanishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2020-yilda Italiyadagi “sayohat”ini boshlagan edi. Dastlab, “Jenoa”da o‘ynagan futbolchi 2021-yilda Rimning “Roma” klubiga o‘tgandi.

Orada “Spetsiya” hamda “Kalyari” jamoalarida ijara asosida o‘ynagan Eldor joriy mavsumdan yana “Roma”da faoliyatini davom ettirmoqda. 2024/25-yilgi mavsum A Seriyada 3 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100517 | Инструменты