Huawei 1
Fransiyada Mishel Barnye hukumatiga ishonchsizlik votumi bildirildi

Fransiya Milliy assambleyasida Mishel Barnye boshchiligidagi yangi hukumatga birinchi ishonchsizlik votumi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda BFMTV. “Mazkur hukumatning bunday tarkibi va faoliyatiga ishonchsizlik bildirilmoqda”, deyiladi telekanal xabarida.

BFMTVning ta’kidlashicha, Fransiya parlamenti quyi palatasining 192 nafar deputati tomonidan imzolangan bu demarsh Barnyening Milliy assambleyadagi nutqidan uch kun o‘tib yuzaga kelgan. Kanal tashabbusning muvaffaqiyatga erishish imkoniyati juda past ekanligini ham bildirdi.

“Milliy birlashish” partiyasi hukumatga ishonchsizlik bildirish uchun ovoz bermasligini allaqachon aytgan. Ishonchsizlik votumining yana bir sababi Barnye hukumatining siyosiy yo‘nalishi, ular tomonidan ilgari surilayotgan pensiya islohoti va byudjet loyihasi hisoblanadi.

Barnye kelasi yil byudjetida 60 milliard yevro tejashni taklif qildi, shundan 40 milliardga byudjet xarajatlarini qisqartirish hisobiga, yana 20 milliardga qo‘shimcha soliqlar hisobidan erishish kutilmoqda. Barnye o‘z taklifini moliyaviy inqiroz xavfi bilan asoslagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100519 | Инструменты