Huawei 1
Samarqandda mayning ferma 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqand viloyatida 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi

Unga ko‘ra, holat “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Toyloq tumani, "Chorog‘bon" MFYdagi istiqomat qiluvchi fuqaro E.S. tijorat maqsadida 55 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 5 milliard 528 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100519 | Инструменты