Huawei 1
Qarateren ko‘liga 20 dona va Uchqizil suv omboriga 4 dona 20 metrlik okeanik qafaslar o‘rnatilmoqda

Joriy yilda baliqchilik sohasini yana-da rivojlantirishga qaratilgan, umumiy qiymati 870 mlrd so‘m bo‘lgan 234 ta loyihalar shakllantirildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qarateren ko‘ligi 20 dona hamda Surxondaryo viloyatidagi Uchqizil suv omboriga 4 dona 20 metrlik okeanik qafaslar o‘rnatilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekbaliqsanoat”uyushmasi axborot xizmati rahbari Zilola Ro‘ziyeva maʼlum qildi.

Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Sharq balig‘i" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 2 mln. dollar bo‘lgan intensiv usulda sovuq suv baliqlarini yetishtirish loyihasi ishga tushirildi.

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida aholini baliqchilik sohasiga jalb qilib, bandlikni taʼminlagan holda daromadlarni oshirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi. 

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan "Ayisha AR" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan intensiv usulda sovuq suv baliqlarini yetishtirish maqsadida yillik ishlab chiqarish quvvati 480 tonna bo‘lgan 32 dona intensiv basseynlar barpo etilib, 10 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida joylashgan “Chegara” tabiiy suv havzasiga “Baqra Aquatech” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan diametri 22 metr bo‘lgan 34 dona okeanik qafas moslamalari o‘rnatilib, karp baliqlari yetishtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100519 | Инструменты