Huawei 1
Eldor Shomurodov “Roma”ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Eldor Shomurodov “Roma”dagi faoliyati davomida ilk bor oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Bu klub fevral oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish yakunlarini eʼlon qilganidan so‘ng maʼlum bo‘ldi.

Vatandoshimiz klub rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida 5 nomzod orasida eng ko‘p ovoz to‘pladi. U Dibala, Anxelinio, Chelik va Suleni ortda qoldirdi.

Eldor A Seriya 26-turida “Monsa”ga qarshi bahsda gol va assist qayd etib, tur ramziy jamoasidan o‘rin olgandi. O‘zbek hujumchisi ketma-ket o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30307 | Инструменты