Joriy yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Surxondaryo viloyatidagi "Termiz" xalqaro savdo markaziga tashrif buyurgan Afg‘oniston Savdo vaziri Nuruddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Konstruktiv fikr almashish chog‘ida ikki tomonlama O‘zbekiston-Afg‘oniston savdo-iqtisodiy munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Suhbat davomida o‘zaro savdo hajmini 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Savdo bilan bir qatorda qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va togʻ-kon sanoati sohalarida ham oʻzaro manfaatli hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish boʻyicha navbatdagi tadbirlar koʻrib chiqildi.
Tashrif doirasida har ikki tomondan 60 ga yaqin tadbirkorlar ishtirokida B2B muzokaralari tashkil etilib, unda ishbilarmon doiralar vakillari yangi aloqalarni o‘rnatish, yangi qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30314 | Инструменты