Avvalroq, Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi bir oilada yetti nafar o‘zbekistonlik is gazidan zaharlanib halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Ularning 5 nafari voyaga yetmaganlar bo‘lgan.
Mang‘istau viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining dastlabki versiyasiga ko‘ra, fojia gaz uskunasidan foydalanish qoidalari buzilganligi sababli sodir bo‘lgan.
O'zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining Uzreport.news ga ma'lum qilishicha, ularning faqat bir nafari O'zbekiston fuqarosi bo'lgan.
FVVga ko‘ra, faqat oila boshlig‘i O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u qozog‘istonlik ayol bilan oila qurgan — ularning besh nafar farzandi bo‘lgan. Erkak Qozog‘iston hududida yashash guvohnomasi orqali istiqomat qilib kelgan.
Ma'lumot o'rnida, favqulodda holat sabablarini aniqlash uchun komissiya tuzilgan, unga Mang‘istau viloyati hokimining o‘rinbosari raislik qilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30314 | Инструменты