Huawei 1
Eronga qarshi o‘yin Qirg‘iziston bilan o‘yindan ko‘ra osonroq kechadi — Eldor Shomurodov

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida Eronga qarshi bahs olib boradi. 

Uchrashuv oldidan terma jamoa futbolchisi Eldor Shomurodov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bugun ilk mashg‘ulotlarni boshlaymiz. O‘yinga kam vaqt qoldi. Hamma tayyor. 

Katanesning terma jamoaga yordam bera olmasligi, albatta, noxush xabar. Biroq barcha kerakli ko‘rsatmalarni yordamchilari orqali yetkazib turibdi. Murabbiyning nima xohlayotganini barcha futbolchilar yaxshi tushunadi. Shuning uchun ortiqcha qiyinchilik sezilmayapti. O‘ylaymanki, barchasi yaxshi bo‘ladi.

Kerak bo‘lib qolsa, albatta, o‘zi bilan ham bog‘lana olamiz. Lekin hali gaplashganimiz yo‘q.

Eronga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Bizning ustun tomonimiz o‘z uyimizda o‘ynaymiz. Kelayotgan 2 o‘yinda 6 ochko uchun harakat qilamiz. Va bunga kuchimiz yetadi, deb o‘ylayman.

Hali endigina 2 ta tur o‘tdi. Hozir eng muhimi — 3 ochko olish. Jahon Chempionatiga chiqish — asosiy vazifamiz. Shuning uchun birinchi o‘rinmi, ikkinchi o‘rinmi, bizga farqi yo‘q.

Agar to‘g‘ri yondashsak, Eronga qarshi o‘yin Qirg‘iziston bilan o‘yindan ko‘ra osonroq kechadi, deb o‘ylayman. Qirg‘iziston ko‘proq himoyaviy o‘yin ko‘rsatdi. Eron bilan esa o‘yin umuman boshqacha bo‘ladi.

Eron bilan so‘nggi yillarda juda ko‘p to‘qnash keldik. O‘z o‘yinimizni ko‘rsata olsak, ularning qanday taktikada o‘ynashini farqi yo‘q.

Eldor Shomurodov, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi

Eslatib o‘tamiz, Eronga qarshi o‘yin 10-oktyabr kuni 19:00 da start oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100823 | Инструменты