Huawei 1
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri tayinlandi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligida transport xizmatini ko‘rsatish hamda soha bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish va tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi.

Majlisni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Sh. Dauletiyarov olib bordi.

Unda Kaipbekov Paraxat Konisbayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Ta’kidlash joizki, Paraxat Kaipbekov shu kunga qadar «QQavtotexxizmat» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarni muvaffaqiyatli bajargan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100823 | Инструменты