“Eyforiyaga berilmasdan, Ispaniyadagi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz”, — “Bavariya” bosh murabbiyi “Barsa” haqida

Germaniyaning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Yevropa Chempionlar Ligasi 2-turidan oʻrin olgan “Barselona”ga qarshi bahsdan soʻng (2:0) oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Birinchi boʻlimda “Barselona” bizdan koʻra koʻproq imkoniyatlarga ega boʻldi — oxirgi paslarimiz oʻxshamadi.

Ikkinchi boʻlimda vaziyat ancha yaxshilandi va samaradorligimiz hal qiluvchi omil boʻldi. Xursandgarlichikka va eyforiyaga berilmasdan, Ispaniyadagi o‘yinga ruhan tayyorlanishni boshlashimiz kerak. Eng muhimi, bugun biz g‘alaba qozondik!, — deydi Myunxen klubi bosh murabbiyi.

Avvalroq, ushbu o‘yindan oldin Tomas Myullerning Messi yoki Ronaldu savoliga javob berganligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10400 | Инструменты