“Sportico” nashri sport tarixidagi eng ko‘p daromad ko‘rgan sportchilar reytingini e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, ushbu reytingda basketbol afsonasi Maykl Jordan yetakchi bo‘ldi. U sportchilik faoliyati davomida 4.15 milliard dollar daromad qilgan. Ikkinchi o‘rindan mashhur golfchi Tayger Vuds joy olgan bo‘lib, u faoliyati davomida 2.79 milliard dollar ishlab topgan. Kuchli uchlikni esa portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu yakunlab berdi. Ronalduning daromadi 2.23 milliard dollarga teng.
Quyida eng ko‘p daromad ko‘rgan sportchilar reytingi bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
1. Maykl Jordan - 4.15 milliard dollar;
2. Tayger Vuds - 2.79 milliard dollar;
3. Krishtianu Ronaldu - 2.23 milliard dollar;
4. Lebron Jeyms - 1.88 milliard dollar;
5. Lionel Messi - 1.85 milliard dollar;
6. Arnold Palmer - 1.82 milliard dollar;
7. Jek Niklaus - 1.75 milliard dollar;
8. Devid Bekxem - 1.61 milliard dollar;
9. Rojer Federer - 1.59 milliard dollar;
10. Floyd Meyveyzer - 1.52 milliard dollar.
Manbaga ko‘ra, Ronaldu Jordanni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqib olishi mumkin. Buning uchun 40 yoshli futbolchi “Al-Nasr” bilan shartnomasini uzaytirishi kerak bo‘ladi. Ayni vaqtga kelib, ikki tomon bu masalani ko‘rib chiqmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42602 | Инструменты