Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilot qoidalarini buzgani uchun Isroilni musobaqalardan chetlatmadi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Falastin futbol assotsiatsiyasi 2024-yilning may oyida Isroilni musobaqalardan chetlatish taklifi bilan chiqqandi. Manbaga ko‘ra, FIFA bu masalani 2024-yilning 31-avgustigacha kechiktirishga qaror qilgan va shu tariqa isroillik futbolchilarga Parijdagi Olimpiadada qatnashish imkonini bergan.
Isroilga qarshi shikoyatni Falastindan tashqari Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ham qo‘llab-quvvatlagan edi.
Ma’lumot uchun, 2022-yilning bahorida FIFA va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Rossiya terma jamoasini, shuningdek, boshqa rus klublarini tashkilotlar nazoratidagi barcha musobaqalardan chetlashtirishga qaror qilgan. Bunga Ukraina bilan bo‘lgan urush sabab bo‘lgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты