AQSH jiddiy tavakkal qilmasdan Ukrainaga endi harbiy yordam bera olmaydi. Bu haqda Amerikaning Kiyevga ko‘rsatayotgan yordamidan xabardor manbaga tayanib The Economist nashri xabar berdi.
Avvalroq WSJ Isroil va Ukrainaga yordam ko‘rsatayotgan bir paytda Qo‘shma Shtatlarda havo hujumidan mudofaa raketalarining ayrim turlari tugab borayotgani, bu Pentagonning Yaqin Sharq, Yevropadagi mojarolarga va Osiyo — Tinch okeani mintaqasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshilikka javob berish qobiliyatini shubha ostiga qo‘ygani haqida yozgan edi.
“Jiddiy tavakkal qilmasdan ularga beradigan boshqa hech narsamiz yo‘q”, deydi amerikalik manba The Economist nashriga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Ukraina tomoniga yetarlicha yordam berishi va yetarlicha qurol ishlab chiqara olishi noma’lum.
Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish kelishuvga xalaqit berayotgani, NATO davlatlarini mojaroga bevosita jalb qilayotgani haqida bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini qayd etgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va NATO mojaroda bevosita ishtirok etmoqda, jumladan, nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanib kelmoqda. Kremlning ta’kidlashicha, Ukrainani G‘arb qurollari bilan to‘ldirish muzokaralarga hissa qo‘shmaydi va salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты